Yangiliklar

O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi va Xalqaro raqamli universitet (IDU) bilan hamkorlikda o‘quv-seminari tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi va Xalqaro raqamli universitet (IDU) bilan hamkorlikda 2022-yil 7-may kuni Buxoro pedagogik instituti binosida viloyatdagi umumta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilari va ularning ota-onalari ishtirokida o‘quv-seminari tashkil etildi.

   Seminar davomida umumta’lim maktablarining 250 nafar 10-11-sinf bitiruvchilari va ularning ota-onalari ishtirok etdilar. Seminarda bitiruvchilarni maktabni tamomlagandan so‘ng oliy ta’lim muassasalarida o‘qishlarini davom ettirishlari va ularni ongli ravishda kasb-hunar tanlashlari yuzasidan tavsiyalar berildi. Seminarda ishtirok etgan o‘quvchilar uchun Xalqaro raqamli universitet  tomonidan universitet qoshidagi akademiyada tahsil olishlari uchun chegirmali vaucherlar (1.000.000 so‘m) taqdim etildi.

;