Yangiliklar

Buxoro, Navoiy viloyatidagi ta’lim muassasalari amaliyotchi psixologlari faoliyatlari ko‘zdan kechirilib, muammolar o‘rganilib, hal etish choralari bo‘yicha amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

      Ayni damda Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazining malakali mutaxassislari tomonidan Buxoro va Navoiy viloyatlarining tuman (shahar)lardagi ta’lim muassasalari psixologlari faoliyatlari o‘rganilmoqda. 

      Joriy yilning 12-may kuni Navoiy viloyatining Konimex tumani umumta’lim muassasalari psixologlari faoliyatlari o‘rganilib aniqlangan muammolar yuzasidan Konimex tumani 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi binosida ushbu tumanning 37 nafar maktab direktorlari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosalari, maktab psixoglari ishtirokida ta’lim muassasasi ma’muriyati hamda pedagoglariga yaratilgan imkoniyatlardan foydalangan holda o‘quvchilarga sifatli ta’lim berish, o‘quvchilar va pedagoglar orasida psixologik sog‘lom muhitni yaratish va kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan seminar o‘tkazildi.

     Shu bilan bir qatorda Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanining 4-49 maktab psixologlar faoliyati o‘rganilib amaliy metodik yordamlar ko‘rsatildi.

;