Yangiliklar

Sirdaryo viloyatida tajriba-sinov tariqasida oʻquvchilarni koʻrish va eshitish darajalarini tekshirish.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi, Oʻzbekiston Respublikasidagi Trayangl tadqiqot institutining filiali bilan hamkorlikda Oʻzbekiston barkamollik uchun taʼlim dasturi” doirasida umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida inklyuzivlik holatini oʻrganish boʻyicha tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda.

Tadqiqotning asosiy maqsadi maktablarda inklyuziv taʼlimning holati, ayniqsa alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni oʻziga hos jihatlarini hamda “Oʻzbekiston barkamollik uchun taʼlim dasturi” doirasida ishlab chiqilgan oʻquv metodik majmualardan darsda va darsdan tashqari vaqtlarda erkin foydalana olishlariga alohida eʼtibor qaratish va oʻrganishdan iboratdir.

Joriy yilning 18 sentabr kuni Sirdaryo viloyati misolida taʼlimni boshqaruv organlarining masʼul mutaxassislari va tanlangan maktablar pedagog xodimlarining inklyuzivlik holatini soʻrovnoma asosida oʻrganish hamda “Hearscreen diagnostika apparati yordamida oʻquvchilarning koʻrish va eshitish qobiliyatlarini aniqlashni o‘rgatish maqsadida 3 kunlik o‘quv trening mashg‘ulotlari boshlandi.

O‘quv trening davomida “O‘zbekiston barkamollik uchun ta’lim dasturi” doirasi, nogironlik bo‘yicha inklyuziv ta’limni o‘rganish bo‘yicha Jamoat a’zolari, maktab rahbariyati, o‘qituvchilar, ota-onalar bilan intervyu so‘rovnomalarini o‘tkazish bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

;