Yangiliklar

Taʼlimda global hamkorlik

Yevropa, Osiyo va Tinch okeani mintaqasida bilim va innovatsiyalar almashinuvi (KIX) markazining “Taʼlimda global hamkorlik” loyihasi doirasida Gruziya, Qirgʻiz, Moldova va Tojikiston davlatlaridan tashrif buyurgan mutaxassislarning mamlakatimizda tashkil etilgan inklyuziv ta’lim jarayoni bilan tanishishl  davom etmoqda.

Ushbu mutaxassislar dasturga binoan, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixolog-pedagogik respublika tashxis markaziga tashrif buyurib yurtimizda tashkil etilgan “Umidvorlik” nogiron bolalar va ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlash markazi tomonidan taqdim etilgan teatrni kuzatishdi hamda o‘z iliq fikr va niyatlarini bildirib “Umidvorlik” markaziga esdalik sovg‘alarini topshirdilar. Kun davomida Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi “LOGOGARDEN” maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lishdi va muassasada tashkil etilgan inklyuziv ta’lim jarayoni, mashgʻulotlarining oʻtkazilish jarayonini to‘g‘ridan to‘g‘ri kuzatishdi hamda muassasada olib borilayotgan taʼlim-tarbiya jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi.

;