Yangiliklar

O'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxiz markazi direktori L.Gaynutdinova va markaz xodimlari 2022-yil 16-may kuni Navoiy viloyatiga tashrif buyurib maktab psixologlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar  yuzasidan seminar o‘tkazildi.

🔹Joriy yilning 16-may kuni Navoiy shahar xalq ta'limi bo'limiga qarashli  11-ayrim fanlar chuqur o‘rgatiladigan umumta'lim maktabida  viloyat XTB vakillari, tuman, shahar XTB psixolog-metodistlari, maktablarning MMIBD o'rinbosarlari hamda amaliyotchi psixologlari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda:
🔹10-16-may kunlari Navoiy viloyatida o'rganilgan maktablarning sarhisobi ko'rib chiqildi. 
🔹Markaz direktori L.Gaynutdinova tomonidan kelgusidagi rejalar belgilanib, ishtirokchilarga psixolog xonalarining jihozlanishi, turli xil sabablarga ko'ra maktablarning ichki nazoratiga olingan o'quvchilar bilan ishlash tartibi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari bilan ishlash va boshqa tegishli masalalar bo'yicha aniq topshiriqlar berildi.

;