Yangiliklar

Pedagoglar uchun psixologik qo‘llab-quvvatlash kuchaytirilmoqda!

Ayni vaqtda, Sirdaryo viloyatidagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari o‘rtasida psixologik so‘rovnomalar o‘tkazilmoqda.

 Mazkur tashabbusdan ko‘zlangan maqsad — pedagoglarning kasbiy motivatsiyasini oshirish va ularning emotsional holatini qo‘llab-quvvatlashdir.

Jarayon doirasida:

 Pedagoglarning kasbiy stress va emotsional zo‘riqish darajasi aniqlanadi

 Tahlil natijalariga ko‘ra ehtiyojmand pedagoglar uchun maxsus seminar-treninglar tashkil etiladi

Treninglarda stressni boshqarish, kasbiy charchashni oldini olish hamda emotsional barqarorlikni mustahkamlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar beriladi.

 Ushbu ishlar pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish, sog‘lom psixologik muhitni shakllantirish va ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

;