Joriy yilning 10-aprel kuni Chirchiq shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 29-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida maktabgacha ta’lim tashkilotlari psixologlari uchun “Bolalarga nisbatan zo'ravonlikni oldini olish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda shahardagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan psixologlar ishtirok etib, bolalar huquqlarini himoya qilish, ularning ruhiy salomatligini mustahkamlash hamda zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilindi.
.jpg)
Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning turlari, uning kelib chiqish sabablari va salbiy oqibatlari haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, zo‘ravonlikni erta aniqlash, profilaktika choralarini ko‘rish hamda bunday vaziyatlarda psixologlarning to‘g‘ri yondashuvi yuzasidan tavsiyalar berildi.