Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi metodisti Turayeva Gulchexra Oʻrayimovnaga Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Ilmiy kengash qaroriga asosan psixologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi berildi.

Ushbu munosabat bilan, Markazimizning jonkuyar va fidoyi metodisti Turayeva Gulchexra Oʻrayimovnani ushbu yuksak ilmiy yutugʻi bilan chin dildan muborakbod etamiz. Ustozimizga kelgusidagi ilmiy va pedagogik faoliyatlarida ulkan zafarlar, mustahkam sogʻliq hamda yangidan-yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Shuningdek, ularning bolalar psixologiyasi sohasidagi ilmiy izlanishlari oʻsmirlarning sogʻlom ruhiy rivojlanishini taʼminlash, ularning xulq-atvoridagi muammolarni erta aniqlash va samarali profilaktika qilishda muhim ahamiyat kasb etishiga ishonamiz. Ustozimizning ilmiy tajribasi va amaliy ishlari maktab psixologlari faoliyatini yanada takomillashtirish, ularni metodik jihatdan qoʻllab-quvvatlash hamda taʼlim tashkilotlarida sogʻlom psixologik muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi.
🎙 Dissertatsiya mavzusi:
“Oʻsmirlarda deviant xulq-atvorning konativ aspektlari”