Yangiliklar

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida seminar-trerninglar oʻtkazilmoqda

2023 yil 23 may kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani 33-umumiy o'rta ta'lim maktabida:

"Psixoaktiv moddalarga qaramlikning oldini olish"ga qaratilgan “Biz harakatlarimiz uchun javobgarmiz" hamda “Voyaga yetmaganlar orasida erta homiladorlikning oldini olish”, “Bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlarining oldini olish va ularga qarshi kurashish boʻyicha taʼlim muassasalari xodimlarining vazifalari”  mavzularida  oʻquv amaliy seminar-trening mashgʻulotlari oʻtkazildi.

Mashgʻulotlarda psixotrop moddalarga qaramlikning oldini olishga moʻljallangan Dasturning pasporti, maqsad va vazifalari, bolalarga nisbatan zoʻravonlikning shakllari, taʼlim muassasasi xodimlarining zoʻravonlik holatlarining oldini olish va ularga javob berish jarayonida hamkorlikda amalga oshiradigan vazifalari boʻyicha batafsil ma'lumot berildi.

;